"Valensiya" futbolchisi "Barselona"ga o'tishi mumkin

Alisher
14 okt 2021, 14:20
"Valensiya" himoyachisi Xose Gayya "Barselona"ga o'tishi mumkin.

"Ko'k-anorranglilar" 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar agar futbolchi hozirgi klubi bilan shartnomani uzaytirmasa, unda futbolchi bilan past narxda shartnoma imzolashmoqchi.

Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Gayya - "Valensiya" tarbiyalanuvchisi.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 4ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 35 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo