"Chelsi" himoyachisi Xose Gayya o'rniga Ispaniya terma jamoasiga jalb qilindi

Sherzod Nurmatov
18 mar 2024
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Valensiya" himoyachisi Xose Gayya o'rniga "Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelyani terma jamoaga chaqirdi.

"Valensiya"ning 28 yoshli futbolchisi yakshanba kungi La Liga o'yinida jarohat oldi.



Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi mart oyida Kolumbiya (Londonda) va Braziliya (Madridda) termalariga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rfef.es