"Barselona" taklif qilayotgan futbolchilar "Manchester Siti"ga maqul kelmayapti

Mirjalol Normatov
20 iyun 2021, 17:35
"Barselona" o'z tarkibini "Manchester Siti"ning ikki futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi.

Kataloniya klubiga Emerik Lyaport hamda Bernardu Silva kerak bo'lmoqda. Ular "shaharliklar"ga futbolchilarni almashtirishni taklif qilgan.

Ammo ular taklif qilayotgan Samyuel Yumtiti, Junior Firpo, Miralem Pyanich, Usmon Dembele, Martin Breytveyt, Serxi Roberto va Kleman Lengle kabi futbolchilarning birortasi "Siti"ga maqul kelmagan.

Klubdagilar Frenki De Yong, Pedri yoki Ansu Fatini istamoqda. Ammo "Barselona" ushbu futbolchilarini berib yubormoqchi emas. Qayd etish kerak, yozda "Barselona" moliyaviy holatidan kelib chiqib, transferlar uchun katta mablag' ajratmaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal