“Barselona” qishki transferlar vaqtida yana ikkita xaridni amalga oshirishni xohlamoqda

22 yanv 2020, 08:45
Ularning nishonida “Yuventus” va “Valensiya” futbolchilari turibdi.

“Barselona” “Yuventus” bilan futbolchi almashtirishi mumkin. Gap Federiko Bernardeski hamda Ivan Rakitich haqida ketmoqda. Turin klubi almashtirishga qarshi emas, faqat Bernardeski uchun Rakitichga qo'shib yana 10 mln evro ham so'ramoqda. Jarohat olgan Luis Suaresning o'rniga esa “Valensiya”dan Rodrigo olib kelinishi kutilmoqda. Futbolchining agenti Jorje Mendesh ushbu transfer yuzasida Kataloniyaga tashrif buyurishga ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia