"Barselona" kecha Ispaniya terma jamoasidagi debyutidayoq gol urgan futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
16 noya 2019, 16:50
Zagrebning "Dinamo" jamoasi xavbeki Dani Olmo "Barselona" qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

Qayd etish kerakki, Dani aynan "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Ko'k-anorranglilar" qishda 21 yoshli ispaniyalik futbolchi klub rahbariyatining sabr-toqatini to'ldirgan Usmon Dembelening o'rniga olib kelishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Olmoga shuningdek "Atletiko", "Tottenxem", "Manchester Siti", "Milan" va "Roma" klublari qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi joriy mavsum Xorvatiya chempionatida 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

Dani Olmo kecha o'zining Ispaniya terma jamoasidagi debyut o'yinidayoq gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo