"Barselona" futbolchisi "Chelsi" va "Nyukasl" qiziqishlari doirasida

Mirjalol Normatov
12 mar 2023, 16:13
"Chelsi" va "Nyukasl" ayni damda "Barselona" vingeri Rafinya Dias atrofidagi voqeliklarni kuzatib bormoqda.

"Diario Sport" xabariga ko'ra, moliyaviy holatning og'irligi sababli bir qancha futbolchilari bilan xayrlashishi mumkin. Klubdagilar aslida Rafinyani ketkazvormoqchi emasdi, biroq yaxshi narx bo'lsa, uni sotib yuborish extimoldan yiroq emas.

"Chelsi" va "Nyukasl" futbolchining atrofidagilar bilan muloqotda bo'lib turibdi. Biroq hozircha futbolchining o'zi bilan muzokaralar bo'lgani yo'q.

Rafinyaning o'zi ham "Barselona"da qolishga qarshi emas va o'z navbatida boshqa klublar takliflarini eshitishni istamayapti. Faqatgina klubning moliyaviy holati vingerning ketishiga ta’sir qilsagina u tashqaridan bo'layotgan takliflarni o'ylab ko'radi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport