

"Barselona" La Liganing 8-turida "Jirona"ni qabul qildi va oxirgi daqiqadagi gol evaziga g'alaba qozondi.
O'yinning 13-daqiqasida Pedri tomonidan urilgan gol "Barsa" uchun germaniyalik mutaxassis qo'l ostidagi 200-gol bo'ldi. Arauxoning goli esa 201-gol bo'ldi. Flik jamoa boshqaruvida 71-o'yinini o'tkazdi - u o'tgan mavsum boshidan oldin bosh murabbiylik lavozimini egallagan edi.
Ma'lumot uchun, "Jirona"ga qarshi o'yinda Flik emociyalari sababli qizil kartochka oldi va endi "El Klasiko"ni o'tkazib yuboradi.



