"Barselona" yetakchilari Luis Enrikening bazi qarorlaridan norozi

Aslanov Jasurbek
15 apr 2016, 15:21
"Barselona" - "Real Sosedad" uchrashuvidan so'ng, Kataloniya klubi bazi yetakchilari va bosh murabbiy Luis Enrike o'rtasida tushunmovchilik yuzaga keldi.

Ushbu o'yinda 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan futbolchilarga Luis Enrikening bazi qarorlari yoqmadi. Gap murabbiyning Andres Inesta o'rniga Rafinya Alkantarani asosiy tarkibga kiritishi haqida ketyapti. Rafinya uzoq vaqt davomida jarohat tufayli maydonga tusha olmayotgan edi. Bundan tashqari, Xordi Alba o'rnida Serxi Roberto o'ynashi va Arda Turan hamda Munir El-Xaddadining asosiy tarkibda bo'lishi futbolchilarni hayratlantirdi. Futbolchilar samolyotda murabbiyga norozik bildirishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo