Barselona – Atletiko. Puyol xayrlashuv uchrashuvida o'ynamoqchi

Narzulla Saydullayev
3 may 2014, 10:49
Barselona sardori Karles Puyol Ispaniya chempionatining so'nggi turidan o'rin olgan Atlentikoga qarshi o'yinda maydonga tushmoqchi.
36 yoshli himoyachi hamon tizzasida og'riqlar sezmoqda va bugungi Xetafe bilan o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.

38-turdan o'rin olgan Atletikoga qarshi o'yin so'nggi uy o'yini bo'ladi. Puyol so'nggi bor Kamp Nouda maydonga tushmoqchi. Futbolchi mavsum tugagach klubdan ketishini ma'lum qilib bo'lgan.

U bilan gaplashdik. Karles so'nggi o'yinda tushishni juda istayapti, muxlislar bilan munosib xayrlashmoqchi. Shifokorlar qanday qarorga kelishlarini kutamiz, – deydi Xerardo Martino.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru