Barselona asosiy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Khoja
18 mar 2025, 09:28
Barselona asosiy himoyachi Jyul Kunde bilan kelishuvni uzaytirdi.

Yangi kelishuvga ko'ra Fransiyalik futbolchi Kataloniyada 2030 yilga qadar qoladi. Shartnoma bo'yicha futbolchining oyligi ma'lum miqdorda oshgan, biroq bu haqida aniq ma'lumot berilmagan.

Ma'lumot uchun, Kunde 2022 yildan beri Barselona sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golga assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com