"Barselona" Aaron Remzi uchun 50 million funt to'lashga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
23 may 2015, 01:00
The Mirror nashrining xabar qilishicha, "Barselona" "Arsenal" futbolchisi Aaron Remzini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Ispaniya chempionlari 24 yoshli uelslik futbolchi uchun 50 million funt to'lashga tayyorlar.

Biroq, "kanonirlar" bosh murabbiyi Arsen Venger bu haqida eshitishni ham istamayapti va futbolchiga yana 4 yillik yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net