"Barsa" bosslari Barselonada Ryudigerning agenti bilan uchrashishdi. U bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolashmoqchi

Alisher
31 mar 2022, 18:50
"Barselona" Antonio Ryudiger bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolamoqchi.

Chorshanba kuni kechqurun "ko'k-anorranglilar" rahbarlari Mateu Alemani va Yordi Kroyff "Chelsi" himoyachisining agenti Sar Senezi bilan Barselonada uchrashishdi.

Uchrashuv 3 soat davom etdi. U Ryudigerning erkin agent maqomida "Barselona"ga o'tishiga bag'ishlandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky