Balotelli qilmagan ishi uchun har mavsum 1 mln. funt mukofot puli olgan

Aslanov Jasurbek
12 may 2017, 11:24
O'tgan hafta sotuvga chiqqan Football Leaks: The Dirty Business of Football kitobida hujumchi Mario Balotelli "Liverpul"da o'ynagan paytlaridagi bitm shartlari e'lon qilindi.

Kelishuv shartlariga ko'ra, futbolchi mavsum davomida 3 marotaba qizil kartochka olmasa 1 mln. funt miqdorida mukofot puli olgan.

"Agar futbolchi mavsum davomida agressiv harakati, tupirish, haqorat so'zlari va harakatlari uchun uch marta va undan ortiq qizil kartochka olmasa 30 iyun kuni uning hisobiga 1 mln. funt o'tkazib beriladi" - deyiladi kitobda.

Balotelli 2014 yilda "Milan"dan "Liverpul"ga 20 mln. funt evaziga o'tgan. Forvard ingliz klubidagi 28 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi va 7 sariq kartochka ishlab, biror marotaba chetlatilmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail