

"Vidal: Men uchun g'irromchi Ronaldu mavjud emas" - kabi so'zlar DailyMail va Goal maqolalarining sarlavhalari sifatida ommaga taqdim etilgan edi.
"Hech qachon bunday so'zlarni aytmaganman. Uni g'irromchi demaganman. Hamkasbim haqida hech qachon bu so'zlarni ishlatmagan bo'lardim. Ronalduni hurmat qilaman.
Bir kuni Krishtianu o'g'limni "Real" kiyinish xonasiga olib kirdi va u bilan suratga tushib, futbolkasini sovg'a qilgan" - deydi Vidal.



