Arturo Vidal "Barselona" libosida, bugun tanishtiruv + FOTO

Tolibjon Qosimov
6 avg 2018, 11:21
"Barselona" klubi "Bavariya"dan Arturo Vidalni sotib olgan edi.

Kecha chililik futbolchi Kataloniyaga yetib keldi. Odatga ko'ra, u dastlab "Kamp Nou"dagi "Barca store"da suratga tushdi.



Bugun Vidal tibbiy ko'rikdan o'tadi va klub bilan shartnoma imzolaydi. Vidalni tanishtiruv marosimi rejasini keltirib o'tamiz.

06.08.2018

15:30. Shartnoma imzolash.
16:00. "Kamp Nou" asosiy maydonida rasmiy tanishtiruv marosimi.
16:35. "Kamp Nou" maydonida fotosessiya.
17:15. "Kamp Nou"dagi "1899 Auditorium"da matbuot anjumani.

Arturo Vidalning shartnoma imzolashi va tanishtiruv jarayonini "Barselona" rasmiy sayti, jamoaning feysbuk va yutubdagi rasmiy sahifalarida 15:30dan boshlab to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilish mumkin bo'ladi.



Eslatib o'tamiz, Vidalning "Kamp Nou"dagi tanishtiruvi xavfsizlik nuqtayi-nazaridan keng omma uchun ochiq bo'lmaydi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbarcelona.com