“Arsenal”ning Kubokdagi muvaffaqiyati sabab, “Tottenxem” Yevropa Ligasini kvalifikaciya raundidan boshlaydi

Eldor Akmurzayev
2 avg 2020, 19:45
Xabaringiz bor, Angliya Kubogi uchun o'tkazilgan bahsda “Arsenal” hamshahari “Chelsi”ni mag'glub etib, Yevropa Ligasining guruh bosqichiga yo'llanma oldi.

Bu esa Joze Mourinyu boshqaruvidagi “Tottenxem”ning ishini biroz qiyinlashtirdi. Aniqrog'i, “shporlar” Yevropa ligasining guruh bosqichiga chiqish uchun 2-saralash raundidan kurashga kirishishi zarur bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, musobaqa 2020/21 yilgi mavsumining kvalifikaciya o'yinlari 20 avgustdan start olishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia