"Arsenal"ga "Portu" futbolchisi Danilo kerak

Aziz Tukhtamuradov
24 dek 2015, 22:48
"Arsenal" qishda "Portu" futbolchisi Daniloni o'z safiga qo'shib olish niyatida, deya xabar qilmoqda O Jogo.

Ma'lumotlarga qaraganda, 24 yoshli futbolchi londonliklarning qishdagi asosiy maqsadlariga aylangan.

Ushbu mavsumda Portugaliya chempionatida ikkita gol kiritgan Danilo YCHLda 6 ta o'yinda ishtirok etishga ham muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: O Jogo