"Arsenal" yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadini aniqlab oldi

Sherzod Nurmatov
12 apr 2022, 20:03
Xabarga ko'ra, "Arsenal" Portugaliya terma jamoasi va "Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Neveshga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik "kanonirlar"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi bo'lib, futbolchiga "Barselona" ham da'vogarlik qilmoqda.

Qayd etilishicha, "bo'rilar" tomonidan Nevesh uchun belgilangan narx 60 million evroni tashkil qiladi.

Aytishlaricha, "Arsenal" maydon markazida Nevesh, Parti va Edegor "trio"sini yaratmoqchi, Jaka esa "Roma"ga o'tishi mumkin.

Shuningdek, London klubi hujumchi sotib olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports