

"The Mirror" nashri xabariga ko'ra, "Dalyan Ifan" yarim himoyachisi Yannik Fereyra-Karrasko faoliyatini "to'pchilar" safida davom ettirishi mumkin. London klubi 2 yildan beri futbolchi va uning atrofidagi vaziyatni kuzatib kelmoqda, ammo hali biror marta rasmiy taklif bildirgani yo'q. Shuningdek, Karraskoga "Napoli" ham da'vogarlik qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Belgiya terma jamoasi a'zosi Xitoy chempionatining o'tgan mavsumida (25 o'yin) 17ta gol urib, 7ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.



