"Arsenal" va APLning boshqa klublari Erik Garsiyaga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2023, 17:26
Himoyachi "Barsa"dan ketishni istamayapti.

"Barselona" himoyachisiga APL klublari qiziqish bildirmoqda.

"Diario Sport" xabariga ko'ra, Erik Garsiyani o'z safiga qo'shib olishga APLning bir qancha klublari, jumladan, "Arsenal" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Biroq futbolchining o'zi "Barsa"da qolish niyatida va "ko'k-anorranglilar"ning asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashmoqchi.

22 yoshli futbolchi joriy mavsum La Ligada 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport