"Arsenal" sardorining jarohati haqida ma'lumot berdi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2025
"Arsenal"ning yetakchi yarim himoyachisi Martin Edegor APL doirasida "Vest Xem"ga qarshi o'yinda (2:0) jarohat oldi.

Klub norvegiyalik yarim himoyachining jarohati haqida to'xtaldi. Edegor chap tizzasining medial kollateral boylami jarohati tufayli Isroil va Yangi Zelandiyaga qarshi bo'lajak o'yinlarda Norvegiya terma jamoasi safida maydonga tusholmaydi.

Qayd etilishicha, Martin FIFA kunlari vaqtida "Arsenal" tibbiyot markazida davolanishni davom ettiradi.

Edegor ushbu mavsum elkasidagi muammo tufayli APL doirasidagi "Manchester Siti" (1:1), YCHL doirasidagi "Atletik Bilbao" (1:0) bilan o'yinlarni o'tkazib yubordi va "Nyukasl" (2:1) bilan bahsda zaxiradan maydonga tushdi.

26 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum "kanonirlar" tarkibida 7 o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com