"Arsenal" PSJ sotib olmoqchi bo'lgan hujumchini ilib ketadi chog'i

Omonjon To`xtamirzayev
22 avg 2024, 18:24
"Arsenal" "Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman transferi uchun 50 million evro va bonus pullari taklif qilmoqda.

Bergamo klubi forvardi uchun 65-70 million so'ramoqda. "Kanonirlar" summani kamaytirish maqsadida kelishuvga himoyachi Yakub Kiviorni ham qo'shish niyatidalar.

Shu bilan birga "Atalanta" Ademolaga yaxshiroq shartlarda yangi shartnoma taklif qilgan va futbolchi rozi bo'lsa, kelishuv muddatini uzaytirmoqchi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq PSJ Lukman transferiga qiziqib qolgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: alfredopedulla.com