"Arsenal" o'yinchilari koronavirus sababli 14 kun karantinda bo'lishadi

Alisher
11 mar 2020, 14:04
"Arsenal"ning bir necha o'yinchilari 14 kunlik karantinda bo'lishadi.

Bu haqda klub rasmiy matbuot xizmati xabar tarqatdi.

"Olimpiakos" xo'jayini Evangelos Marinakisda koronavirus aniqlangan. 27 fevralda Londonda bo'lib o'tgan Yevropa Ligasi pley-offi doirasidagi "Arsenal" - "Olimpiakos" (1:2) bahsidan so'ng gretsiyalik biznesmen londonliklar tarkibidagi bir necha futbolchilar bilan ko'rishgan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Marinakisning koronavirusga chalinganidan so'ng bugun bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Man Siti" - "Arsenal" o'yini ham qoldirilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com