"Arsenal" o'rtoqlik o'yinida g'alabaga erishdi, Nketiadan xet-trik

Mirjalol Normatov
7 iyun 2020, 11:15
"Arsenal" APLning restartiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoa kekcha Chempionship vakili "Charlton"ga qarshi o'rtoqlik o'yinini olib bordi. "Emireyts"da kechgan o'yinda 6:0 hisobi qayd etildi.

Gollarga Aleksandr Lyakazett, Per-Emerik Obameyang, Jo Uillok hamda xet-trik qayd etgan Edvard Nketia mualliflik qilishdi.

"Arsenal" uchun APL restarti 17 iyun kuni "Manchester Siti"ga qarshi safar o'yini bilan boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal