Arsenal Obameyangni o'zi uchun rekord miqdordagi pul evaziga sotib olishi mumkin

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2018, 08:20
Dortmundning Borussiya klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang qishki transfer bozori vaqtida Arsenalga o'tishi mumkin.

BBC xabariga ko'ra, londonliklar gabonlik futbolchini o'zi uchun rekord miqdordagi pul 63 million funt evaziga sotib olishi mumkin.

Borussiya uning o'rniga Kelndan Antoni Modestni sotib olmoqchi.

Hozirga qadar Arsenal tarixidagi eng qimmat transfer Aleksandr Lyakazett bo'lgandi. U 60 mln evro evaziga Londonga ko'chib o'tgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com