"Arsenal" himoyachisi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
18 avg 2020, 14:34
Neapolitanlar himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida.

"Napoli" "Arsenal" markaziy himoyachisi Sokratis Papastatopulosni o'z safiga jalb qilmoqchi. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla xabar bermoqda.

Neapolitanlar "to'pchilar" bilan futbolchining narxi borasida kelisha olmayapti.

Ma'lumot uchun, Transfermarkt 32 yoshli grekni 8 million evroga baholagan.

Sokratis APLning yakunlangan mavsumida 19 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport