"Arsenal" futbolchisi "Jenoa"ga o'tishi mumkin

Alisher
6 yanv 2021, 13:41
"Arsenal" qaydnomasidan chetda qolgan Sokratis Papastatopulos tez orada boshqa klubga o'tishi mumkin.

Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 32 yoshli gretsiyalik futbolchiga "Jenoa" va "Fenerbaxche" klublari qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Sokratisning "to'pchilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Sokratis "Arsenal"ga qadar AEK (Afina), "Niki Volos", "Jenoa", "Milan", "Verder" va "Borussiya" (Dortmund) klublarida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano