

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachi Matteo Genduzi bilan hamkorlik bitimini uzaytirishga qaror qildi. "To'pchilar" rahbariyati 20 yoshli francuzni Yevropa grandlari tortib olishidan xavotirga tushgan. Ma'lumot uchun, Genduzining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U APLning joriy mavsumida 22 o'yinda maydonga tushib, 2ta golli uzatmani amalga oshirgan.



