"Arsenal" fransiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2018, 15:20
"Arsenal" matbuot xizmati yarim himoyachi Matteo Guenduozi bilan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi.

19 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Loryan"ning yoshlar jamoasi tarkibida 18 o'yinda maydonga tushgan.

Hozircha futbolchining transfer narxi e'lon qilinmagan. Unga "Arsenal"ning 29-raqamli libosi taqdim etildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/arsenal