"Arsenal" Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyatidan mosuvo bo'ldi

Sherzod Nurmatov
9 may 2021, 02:14
Londonning "Arsenal" klubi kelasi mavsum Chempionlar Ligasida o'ynamaydi.

"Arsenal" "Chelsi"ning Angliya chempionati 35-turida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindagi g'alabasidan keyin kuchli to'rtlikka kirish imkoniyatini yo'qotdi.

"Arsenal"da Yevropa Ligasi orqali Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyati bor edi, ammo London klubi yarim finalda "Vilyarreal"ga yutqazdi (1:2, 0:0).

"Arsenal" so'nggi bor Chempionlar Ligasida 2017/18 yilgi mavsumda o'ynagan. O'shanda jamoani Arsen Venger boshqarar edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia