"Arsenal" bir futbolchi uchun "Barselona" bilan kurashadi

Tolibjon Qosimov
31 yanv 2018, 19:38
"Bild" nashrining xabar berishicha, "Arsenal" transfer oynasining so'nggi kunida Maks Mayer transferini rasmiylashtirishi mumkin.

22 yoshli futbolchi oldinroq jamoa bilan yangi shartnoma imzolashni rad etgan edi. U yozda boshqa jamoaga tekinga o'tishni rejalashtirmoqda. "Barselona" u bilan kelishuvga kirishishi mumkin, lekin faqatgina erkin agent sifatida.

Mayer joriy mavsum Bundesligada 18ta o'yin o'tkazdi va bitta ham samarali harakatni amalga oshirmadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bild