"Liverpul", "Arsenal" va "Chelsi" Maks Mayer uchun kurashishmoqda

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2014, 13:33
Angliyaning yetakchi klublari "Shalke" yarim himoyachisi Maks Mayerni sotib olishmoqchi, bu haqda britan matbuoti xabar berdi.
"Liverpul" futbolchi uchun 8 million funt taklif qilmoqchi. Unga "Arsenal" va "Chelsi" kabi klublar raqobatchilik qilishadi.
 
Germaniyalik yosh futbolchi o'zining bir qator hamyurtlari bo'lgan "Arsenal"ga ko'chib o'tishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru