"Arsenal" Artetaga ishonadi

Mirjalol Normatov
9 may 2021, 14:14
Garchi jamoa ushbu mavsumda yomon o'yinlar ko'rsatayotgan bo'lsa-da, "Arsenal" rahbariyati bosh murabbiy Mikel Artetani qo'llab-quvvatlamoqda.

"ESPN" xabariga ko'ra, Arteta jamoaning ichki muhitini yaxshi ushlab turibdi. U Bukayo Saka hamda Folarin Balogun bilan shartnomaning uzaytirilishida muhim rol o'ynagan. Shuningdek, futbolchilarning maoshlari 12,5 foizdan qisqartirishi borasida klubga katta yordam bergan.

Undan tashqari, klub yozda uni transferlar borasida erkinlik berishni va o'zi istagan futbolchilarni olib kelishni rejalashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN