"Surxon" oldiga chempionlik vazifasi qo'yildi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2026
Bu haqda Surxondaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi ma'lum qildi.

"Surxon" 2026 yilgi mavsum uchun viloyatimizning 10 dan ortiq murabbiylari bilan shartnoma imzoladi.

Xabaringiz bor, viloyatimizning bosh jamoasi hisoblanadigan "Surxon" o'z oldiga bu yil O'zbekiston Superligasida chempionlik maqsadini qo'ygan. Shu qatorda o'zining futbol akademiyasiga ham alohida e'tibor qaratmoqda. Shuning uchun turli tumanlarimizdan 10 dan ortiq murabbiy bilan yaqindan hamkorlik qilish maqsadida 2026 yilgi mavsum uchun mehnat shartnomalari imzolandi.

Endilikda barcha sport talim muassasalaridan turli yoshdagi yosh futbolchilarimiz "Surxon" akademiyasida ham shug'ullanishi mumkin bo'ladi", – deyiladi assotsiatsiya xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Сурхондарё вилояти футбол ассоциацияси