Argentina Peruni mag'lub eta olmagach tribunalar ayanchli ahvolga kelib qoldi + FOTO

Tolibjon Qosimov
7 okt 2017, 11:38
Kecha tong saharda JCH-2018 saralashi doirasida Argentina terma jamoasi Peruni qabul qildi va 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Lionel Messi boshchiligidagi Argentina raqibini mag'lub eta olmagan o'yindan keyin stadion tribunalari ayanchli ahvolga kelib qoldi. 

JCH-2018 saralashi

Janubiy Amerika qitasi

17-tur, 06.10.2017

Argentina - Peru 0:0


"Estadio Alberto Xakinto Armando" stadioni o'yin paytida...



O'yin davomida muxlislarning kayfiyatlari a'lo darajada edi.


Argentina terma jamoasi raqibni mag'lub eta olmagani sabab mundialga chiqish imkoniyatlarini pasaytirib yuborganidan keyin tribunalar mana shunday ayanchli ahvolga kelib qoldi.


Izohga hojat yo'q...



Eslatib o'tamiz, hozircha Argentina guruhda 25 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda. Bu degani ular hatto pley-offga ham o'ta olishmaydi degani. So'nggi turda Sampaoli jamoasi nima qilib bo'lsada, safarda Ekvadorni mag'lub etishlari talab etiladi.



GettyImages suratlari yordamida tayyorlandi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia