Angliya. 6-tur. Villash-Boash va Mourinyo to'qnashuvida g'olib aniqlanmadi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2013, 18:55
Angliya premer-ligasining 6-turini ochib beruvchi London derbisi yakunlandi.
"Tottenxem" o'z maydonida "Chelsi"ni qabul qildi. O'yindagi hisob 19-daqiqada Sigurdsson tomonidan ochildi. Ikkinchi bo'limda esa zaxiradan maydonga tushgan Mataning pasidan so'ng Terri mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi - 1:1.

O'yin so'nggida bosh hakam Torresni maydondan chetlatdi. Ammo bu narsa hisob o'zgarishiga sabab bo'lgani yo'q.


Tottenxem – Chelsi  1:1 (1:0, 0:1)
28 sentyabr, Uayt Xart Leyn
Gollar:
1:0 – 19 Sigurdsson (Soldado),  1:1 – 65 Terri (Mata).
Tottenxem – Loris, Uoker, M. Douson, Vertongen, Noton, Dembele, Paulino, Taunsend (Shadli, 62), Eriksen (Xoltbi, 70), Sigurdsson, Soldado (Defo, 77).
Chelsi – Chex, Ivanovich, David Luiz, Terri, E. Koul, Obi Mikel (Mata, 46), Lempard, Ramires, Oskar (Aspilikueta, 82), E. Azar (Shyurrle, 69), Torres.
Ogohlantirishlar: Taunsend (43), Eriksen (45), Torres (51), Ivanovich (58), Vertongen (64), M. Douson (75), Dembele (78).
Chetlatish: Torres (81).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia