Andijonda OFK dasturi asosida barpo qilingan mini-futbol maydonchasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2018, 19:10
2017 yilning noyabr oyida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vice prezidenti Umid Ahmadjonov Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuv o'tkazgan edi.

Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan turli loyihalar bo'yicha o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan hamda OFK tomonidan O'zbekistonda bolalar uchun mo'ljallangan sun'iy qoplamali mini-futbol maydonchalari barpo etilish uchun mablag' ajratilishiga kelishilgan edi.

Ushbu kelishuvga asosan Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan bir qator qurilish kompaniyalari o'rtasida maxsus tender o'tkazildi. Tendyerda sport inshootlarini barpo qilish bo'yicha katta tajribaga ega bo'lgan Italiyaning “Limonta Sport” kompaniyasi g'olib chiqdi. Ushbu kompaniya Andijon va Qo'qon shahrida mini-futbol maydonlarining qurilish ishlarini boshlab yuborgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Bugun 26 avgust kuni  Andijon shahrida yangi mini-futbol maydonchasining   ochilish tadbiri bo'lib o'tdi.  Unda mahalliy hokimiyat vakillari, futbol faxriylari va O'FA mutasaddilari ishtirok etdi.

Marosimda so'z olgan viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Shavkatbek Nishonov, viloyat futbol associaciasi birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimovlar yosh futbolchilarni ajoyib ajoyib maydonchalarning ochilishi bilan tabrikladilar.

Futbol maydonchalarida shu kunning o'zida 2007-2008 yillarda tavallud topgan bolalar o'rtasida “Mustaqillik Kubogi”  musobaqalari boshlandi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz