Andijonda murabbiylik o'quv-kurslari bo'lib o'tmoqda FOTO

21 sen 2017, 16:42
Andijon shahrida etti kunlik murabbiylik o'quv-kurs seminari tashkil etildi.

O'zbekiston futbol federatsiyasi, Respublika murabbiylar va hakamlarni tayyorlash maktabi,  hamda Andijon viloyati futbol federatsiyasi hamkorlikda tashkil etilgan o'quv-seminari kuni-kecha Andijon shahrida boshlandi. Andijon viloyati futbol federatsiyasining birinchi vice-prezidenti Bekzod Karimovning tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur o'quv-seminarida bo'lajak murabbiylar astoydil o'qib, instruktorlardan ilk saboqlarni olib bormoqda. Mazkur o'quv-seminariga OFK instruktori Usmon Toshev boshchilik qilmoqda. Unga mahalliy mutaxassis Yazgeldi Qutdanov ko'maklashyapti.
O'quv-seminari Bo'ston dahasida joylashgan “BO'FM”anjumanlar zali va mashg'ulot maydonida bo'lib o'tmoqda. Ertalabki darslar nazariy uslublar bo'yicha o'tkazilayotgan bo'lsa, tushlikdan so'ng murabbiylar maydonga chiqib, amaliy mashg'ulotlar borasida darsliklar o'tkazilmoqda.
Unda quyidagi murabbiylar ishtirok etmoqda:
1.   Navro'zbek Ismoilov
2.   Murodil Abduraimov
3.   Shoxrux Madaminov
4.   Zohid O'rinboev
5.   Xusanboy Olimov
6.   Gulshanoy Jalolova
7.   Farhod Ro'ziev
8.   Sanjar Rahmonov
9.   Shoxjahon No'monov
10.   Gulnoraxon Shukurova
11.   Dilfuzaxon Abduqunduzova
12.   Odinaxon Karimov
13.   Ravshan Tojiboev
14.   Xurshida Teshaboeva
15.   Nodirbek Yadgarova
16.   Omadxon Sultonova
17.   Sardor Komilov
18.   Arofatxon Dodkaeva
19.   Mirjalol Karimberdiev
20.   Shahzod Bahromov
21.   Murodjon O'rishev
22.   Nurillo Olimov
23.   Oybek Hoshimov.  



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia