Amaldagi chempion va kubok sohibi O'zbekiston kubogi guruh bosqichida qolib ketdi

Administrator
13 may 2025, 21:24
O'zbekiston kubogi guruh bosqichi uchinchi turi o'yinlari davom ettirildi.

"Paxtakor"ga 6:3 hisobida mag'lub bo'lgan "Nasaf" guruh bosqichida qolib ketdi. Amaldagi O'zbekiston chempioni o'tgan yili ham kubokni erta tark etgandi. 

Avvalroq, amaldagi O'zbekiston kubogi sohibi "Andijon" ham ikki turda ikki marta mag'lub bo'lib, O'zbekiston kubogi guruh bosqichida qolib ketishi ma'lum bo'lgandi.

Shu tariqa, O'zbekiston kubogi pley-off bosqichi amaldagi chempion va kubok sohibisiz o'tadi.


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia