Alisson "Lev Yashin sovrini" haqida: "Buni omad deb hisoblamayman"

Tolibjon Qosimov
3 dek 2019, 12:49
Braziliya terma jamoasi va "Liverpul" klubi darvozaboni Alisson Lev Yashin nomidagi sovrinni olganidan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bunday sovrinni olish ulkan sharaf. Oilamga va meni qo'llab-quvvatlagan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Taqdirlash marosimi uchun Braziliyadan kelgan ota-onamga rahmat.

Buni omad deb hisoblamayman. Bu nemat va men bundan minnatdorman. "Liverpul"dagi sheriklarimga alohida rahmat deyman, ularsiz sovrin haqida orzu ham qilolmasdim", - dedi Alisson.

Alisson Lev Yashin nomiagi sovrin (Yachine Trophy)ning birinchi g'olibiga aylandi.



Eslatib o'tamiz, 27 yoshli kiper 2018-2019 yilgi mavsum Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi, terma jamoasi bilan esa Kopa Amerika-2019da chempionlikni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: liverpoolfc.com