Alguasil – La Ligada oyning eng yaxshi murabbiyi. Uning jamoasi 1-o'rinda boryapti

9 noya 2020, 19:51
Ispaniya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi.

Ushbu nom "Real Sosedad" bosh murabbiyi Imanol Alguasilga nasib qildi. Uning jamoasi oktyabrda 3 o'yin o'tkazib, 9 ochko to'plagan ("Xetafe" bilan 3:0, "Betis" bilan 3:0 va "Ueska" bilan 4:1).

Shuningdek, ushbu sovringa Diego Martines Penas ("Granada", 3 yo'inda 7 ochko) va Alvaro Servera ("Kadis", 5 o'yinda 11 ochko) ham da'vogarlik qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: laliga.com