Alaba - Yevropa Superkubogida gol urgan birinchi avstriyalik

Omonjon To`xtamirzayev
11 avg 2022, 13:40
Real himoyachisi David Alaba Yevropa Superkubogi uchun o'yinda gol urishga erishdi.

"Real" himoyachisi 37-daqiqada to'pni "Ayntraxt" darvozaga yo'llab, hisobni ochdi.

Alaba Yevropa Superkubogi tarixidagi 184-gol muallifiga aylandi. Bundan tashqari u ushbu musobaqada gol urgan birinchi avstriyalik sifatida ham tarixga kirdi.

Alaba uchun bu gol faoliyati davomida finallarda urilgan ikkinchi to'p hisoblanadi. Avvalgisini David 2020 yil – Germaniya Kubogi finalida "Bayer" darvozasiga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia