"Al Hilol" yangi murabbiyni tanishtirdi

Xayrulla Xoliqov
1 iyul 2019, 16:57
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubida bosh murabbiy o'zgardi.

Endilikda jamoaga Rezvan Luchesku murabbiylik qiladi. 50 yoshli ruminiyalik mutaxassis bungacha Gretsiyaning PAOK klubini boshqarib kelayotgandi. Bundan buyon Luchesku yana Osiyoda faoliyat olib boradi.U qitamizda ilk bor 2012-2013 yilgi mavsumda ishlagan bo'lib, Qatarning "Al Jayish" klubini boshqargandi. 

Rezvan Luchesku ruminiyalik mashhur murabbiy Mircha Lucheskuning o'g'li hisoblanadi. U Ruminiyadagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Luchesku "Al Hilol"da ishlaydigan birinchi ruminiyalik emas. Bungacha Anxel Iordanesku, Ilie Balasi, Kozmin Olariu kabi murabbiylar ham jamoani boshqargan. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com