

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchining o'zi Kataloniya klubi rahbariyatiga joriy yozgi transfer oynasida jamoani tark etish istagi borligi haqida hech qanday ishora bermagan. "Barsa" mutasaddilari ham Rafinyaning ketishga intilmayotganiga ishonchlari komil va yangi mavsumda braziliyalik futbolchining xizmatlaridan foydalanishni rejalashtirishmoqda.
Qayd etilishicha, "Barselona" faqatgina juda yirik va rad etib bo'lmaydigan moliyaviy taklif tushgan taqdirdagina ushbu transferga rozilik berishi mumkin. 29 yoshli Rafinyaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan.



