Aguero: "Lukaku - hamma narsaga qodir hujumchi"

Aslanov Jasurbek
15 okt 2016, 15:44
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero "Everton"ga qarshi bahs oldidan, raqib forvardi Romelu Lukaku haqida fikr bildirdi.

"Lukaku - hamma narsaga qodir. U universal va maydonning har qanday joyida foydali bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, Romelu ikkinchi qavatda yaxshi o'ynaydi. Lukakuning "Everton"ga o'tishi jamoaga foyda keltirdi.

"Everton" mavsumni yaxshi boshladi, aynan shu sabab APL har bir futbolchini o'ziga jalb qiladi. Fikrimcha, "Everton" bu mavsumni yaxshi o'tkazadi. Bu jamoaga qarshi bahs doimo og'ir o'tgan va navbatdagisi ham shunday bo'ladi deb o'ylayman" - deydi Aguero.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com