

"Nasaf-2" ilk turda "Norin"ga yutqazib qo'ygandi. Shu bois bugun ular bizga qarshi o'zgacha harakat qilishdi. Bundan tashqari shogirdlarim imkoniyatlardan unumli foydalana olishmadi. Ikkinchi bo'limning yarmigacha o'yinimiz chiqmadi. Bahs tugashiga oz qolganida 2ta gol urib g'alabaga erisha oldik. Bundan xursandman.
Jahongir Dadaboev, Zokir Nurmatov, Islombek Karimov bugun nega maydonga tushmadi? Ko'plab o'yinchilarimizda jarohat bor. Keyingi ikki turda "Zomin" va "Dinamo"ga qarshi o'yin o'tkazamiz. Bu o'yinlarga qadar yuqoridagi futbolchilar safga qaytishiga umid qilaman", - deydi Abdurashid Ismoilov.
"UzDongJu" matbuot xizmati

