Xoland va "Man Siti" 2034 yilgacha shartnoma imzoladi, kelishuv sport tarixidagi eng yiriklaridan bo'ldi

Alisher
17 yanv 2025, 13:42
Erling Xoland 2034 yilga qadar "Manchester Siti"da o'ynaydi.

Jurnalist Devid Ornsteynning xabariga ko'ra, norvegiyalik 9,5 yillik, yani 2034 yilning yoziga qadar "shaharliklar" bilan yangi shartnoma imzoladi.

Xolandning yangi shartnomasida tovon puli bandi yo'q.

Shartnoma shartlari ochiqlanmayapti, ammo bu sport tarixidagi eng yiriklaridan biri deb hisoblanmoqda.

Erling joriy mavsum APL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: nytimes.com