So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  26 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  7 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  58 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  25 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19

"Zomin" o'z guruhi chempioniga aylandi Yangiliklar

"Zomin" o'z guruhi chempioniga aylandi

Yaqin o'tmishning eng tezkor futbolchilaridan biri Jahongir Jiyamurodovga ortiqcha tarif berishga hojat bo'lmasa kerak.

O'zining ajoyib o'yinlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Jahongir Jiyamurodov futbolchilik faoliyati davomida "Mashal", "Nasaf", "Olmaliq" va "Neftchi" klublarida to'p surgan. Takidlash joizki, u “Nasaf” tarkibida yanada “porladi”, haqiqiy etuk futbolchi sifatida shakllandi. Mashg'ulotdagi tinimsiz mehnatlari evaziga muntazam ravishda “ajdarlar”ning asosiy tarkibidan muqim o'rin olib keldi. 

2011 yilda esa "Nasaf" bilan OFK Kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan. Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari uning hayotida muhim o'rin tutadi. Bunday deyishimizga asoslarimiz etarli. Aslida, Jahongir Jiyamurodov Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida tug'ilib, millionlar o'yinining o'ziga xos sir-asrorlarini o'rgangan bo'lsa-da, Qashqadaryo futbolida kamol topdi. Murabbiylik sohasida esa Jizzax zaminida ilk qadamini tashladi. U hali ham yashil maydonda javlon urib to'p tepishi mumkin edi. Ammo, faoliyati davomida olgan jarohatlar katta futbol bilan barvaqt xayrlashishga majbur etdi. 

Joriy yilning boshida Jiyamurodovga O'zbekiston PRO - ligasi ishtirokchisi "Zomin" klubidan taklif tushadi va u bosh murabbiy sifatida ish boshlaydi. To'g'ri, uning murabbiylik bobidagi ilk rasmiy o'yini omadsiz kechdi. Jumladan, "Oq-tepa"ga qarshi kechgan bahsda 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. Mazkur mag'lubiyatdan etarli chiqargan J.Jiyamurodov boshchiligidagi "Zomin" jamoasi azolari O'zbekiston Pro-ligasining "B" guruhida joriy yilgi mavsum uchrashuvlarini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazib, birinchilik yakunlanishiga ikki tur qolganida muddatidan oldin 45 ochko jamg'argan holda, guruh chempioniga aylandi. 

Yosh mutaxassis boshchiligida “Zomin” jamoasi o'z tarixida ilk bor xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarda ishtirok etdi. Bir yil oralig'ida qilingan mehnat zoe ketmadi. Uning takidlashicha, “Zomin” barcha diqqatini o'tish turniriga qaratadi va unda faqat ijobiy natija uchun kurashadi. Nima bo'lganda ham  hammasini vaqt ko'rsatadi. Yana bir gap. To'g'ri, “Zomin” o'z mintaqasida tengsiz topildi. Ammo ushbu klub o'z uy o'yinlarini Zomin shahrida emas, balki butun mavsum “Yangier” stadionida o'tkazganini aksariyat muxlislar bilmasa kerak. Ayni paytda “Zomin” stadionida qurilish-tamirlash ishlari hanuzgacha olib borilmoqda. 

Jamoaning o'z ishqibozlari qarshida to'p surishi hamon so'roq ostida qolyapti... Afsuski, “Zomin” o'zining o'zga shahardagi bir yillik sarguzashti mobaynida etarlicha muammolarga duch keldi. Gohida transport, bazida yotoqxona, boshqa tashkiliy masalalar va hokazo...

So'nggi so'z o'rnida: J.Jiyamurodovning murabbiylik bobidagi ilk mavsumi omadli intiho topdi. Fursatdan foydalanib, “Zomin”  jamoasi azolarini, murabbiylar shtabini, jamoaning ashaddiy ixlosmandlarini qo'lga kiritilgan ulkan g'alaba bilan samimiy qutlab qolamiz. O'ylaymizki, kelasi mavsumda ham J.Jiyamurodov qo'l ostidagi jamoa azolari o'zlarining chiroyli, mazmunli va hujumkor o'yinlari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor bo'lishadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика