So’nggi yangiliklar

13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  0 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  1 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  8 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  172

U-20 Jahon chempionatini birgalikda qabul qilamiz. Bu qanday bo'ladi? Yangiliklar

U-20 Jahon chempionatini birgalikda qabul qilamiz. Bu qanday bo'ladi?

7 iyul kuni O'FA matbuot xizmati O'zbekiston va Ozarbayjon futbol uyushmalari U-20 Jahon chempionatini birgalikda qabul qilish bo'yicha FIFAga ariza berilganini malum qildi.

Bu katta yangilik. Eng muhimi, bu yangilikdan har ikki davlat rahbari, shuningdek FIFA prezidentining ham xabari bor.

Quyida U-20 Jahon chempionati tarixidan kelib chiqqan holda avvalgi mundiallarni o'rganib, mezbonlik borasidagi imkoniyatlarimizni chamalab ko'ramiz.

U-20 Jahon chempionati bundan 48 yil oldin ilk bor 1977 yilda o'kazilgan bo'lib, Tunis davlati mezbonlik qilgan. Shu paytgacha yoshlar o'rtasidagi mundial 24 marta o'tkazilgan. Agar 2027 yil O'zbekiston va Ozarbayjon birgalikda mezbonlikni oladigan bo'lsa, bu hisob bo'yicha 25-chisi bo'ladi.

Dastlab 24ta kichik mundialga mezbonlik qilgan davlatlarni va qaysi yillari O'zbekiston ishtirok etganini keltirib o'tsak.


1977. Tunis

1979. Yaponiya

1981. Avstraliya

1983. Meksika

1985. Sobiq Ittifoq

1987. Chili

1989. Saudiya Arabistoni

1991. Portugaliya

1993. Avstraliya

1995. Qatar

1997. Malayziya

1999. Nigeriya

2001. Argentina

2003. BAA (O'zbekiston o'z ishtirokini guruh bosqichida tugatgan)

2005. Niderlandiya

2007. Kanada

2009. Misr (O'zbekiston o'z ishtirokini guruh bosqichida tugatgan)

2011. Kolumbiya

2013. Turkiya (O'zbekiston o'z ishtirokini 1/4 finalda tugatgan)

2015. Yangi Zelandiya (O'zbekiston o'z ishtirokini 1/4 finalda tugatgan)

2017. Janubiy Koreya

2019. Polsha

2023. Argentina (O'zbekiston o'z ishtirokini 1/8 finalda tugatgan)

2025. Chili


Yana bir malumot shuki, 1977 - 1995 yillar oralig'idagi mundialda, yani birinchi shhnta musobaqada 16ta jamoa qatnashgan. 1997 yilgi U-20 Jahon chempionatidan boshlab turnir 24ta terma jamoa ishtirokida o'tkazib kelinmoqda.

Shu vaqtgacha bo'lib o'tgan mundiallarning 5tasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi qatnashgan bo'lib, eng yaxshi natijamiz ikki marta 1/4 final bo'lgan. 2013 yil chorak finalda Franciyaga hamda 2015 yil Senegal terma jamoasiga imkoniyatni boy berib JCH bilan xayrlashganmiz.


2023 yilgi musobaqa qanday o'tdi? 

Bu toifadagi musobaqani qabul qilishdan oldin avvalgi tajribalarni o'rganishga to'g'ri keladi. Buning uchun uzoqqa bormasdan 2023 yil Argentinada o'tkazilgan kichik mundialni yodga olamiz.


Argentinadagi jahon chempionati 2023 yilning 20 may - 11 iyun oralig'ida o'tkazildi. Musobaqa to'rtta shahardagi to'rtta o'yingohda o'tkazilgan. Stadionlar sig'imi quyidagicha:

1. Estadio de La Plata (sig'imi 53 ming)

2. Estadio de Santyago de Estero (sig'imi 30 ming)

3. Estadio de Mendosa (sig'imi 42 ming)

4. Estadio de San Xuan (sig'imi 25 ming)


Ushbu mundial finali Urugvay va Italiya U-20 terma jamoalari o'rtasida Estadio de La Plata stadionida o'tkazilgan bo'lib, finalni 38,297 tomoshabin stadionda kuzatgan.


2025 yilgisi qanday bo'ladi? 

Bu yilgi kichik mundial mezbonligi Chiliga topshirilgan bo'lib, 27 sentyabr kuni start oladi va 19 oktyabrgacha davom etadi. Bu gal ham o'yinlar to'rtta shahardagi to'rtta stadionda bo'lib o'tadi. Faqat poytaxt Santyagodagi stadion sig'imi katta bo'lib, 48 ming muxlisga mo'ljallangan. Qolgan uchta shahardagi stadionlar 14 ming, 20 ming va 16 ming muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi.

24ta terma jamoa ishtirok etadigan ushbu musobaqa finali 19 oktyabr kuni "Milliy" stadionda bo'lib o'tadi. Shu yilning 29 may kuni U-20 Jahon chempionatiga qura tashlangan bo'lib, 24ta jamoa 4tadan 6 guruhga bo'lingan. Osiyo nomidan Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Janubiy Koreya ishtirok etadi.

Endi yana asosiy mavzuga qaytamiz. Agar FIFA 2027 yilgi musobaqa mezbonligini birdaniga ikkita davlatga beradigan bo'lsa, bu tarixda birinchisi bo'ladi, chunki shu paytgacha U-20 Jahon chempionati umuman ikkita davlatda o'tkazilmagan.

Malum bo'lishicha, O'zbekiston va Ozarbayjon futbol uyushmalari o'zaro hamkorlikda allaqachon FIFAga bu borada rasmiy murojaat yo'llashdi. Shuningdek, mezbonlikka davogar Indoneziya ham murojaat xati yo'llagan. FIFA endilikda barcha masalalarni ko'rib chiqqan holda yakuniy qarorni qabul qiladi.


Birdaniga ikkita davlat mezbonlik qilishi qanday muammolarni keltirib chiqarishi mumkin?

Birinchidan, O'zbekiston OFK, Ozarbayjon esa UEFA azosi hisoblanadi. Guruhlar taqsimoti qanday ko'rinishda bo'ladi? Eng avvalo shu muhim. Malumki, 2027 yilgi U-20 Jahon chempionatida 24ta terma jamoa ishtiroki etadi va jamoalar 4tadan 6 guruhga bo'linadi. Shunday ekan, biz qaysidir guruhlarni o'zimizda qabul qilishimiz mumkin.

Guruhlar uchtadan teng taqsimlanadi, yoki qaysidir davlat to'rtta guruhni, ikkinchi davlat esa ikkita guruhni o'zida qabul qiladi. Bunga Jahon chempionatiga chiqqan mamlakatlar qanday munosabatda bo'ladi? Bu ham muhim. Yana bir etiborga molik jihati, guruh o'yinlari yakuniga etgach, pley-off uchrashuvlari boshlanadi, shunda qaysidir jamoaning bir davlatdan ikkinchisiga parvoz qilishiga to'g'ri kelishi mumkin. Bu esa muammolarni keltirib chiqarmaydimi degan savolni yuzaga keltiradi.

Va bu o'rinda muxlislarni eng ko'p qiziqtiradigan savol: Final qaerda bo'ladi? O'zbekiston ham, Ozarbayjon ham finalni qabul qilishni xohlaydi. Buning uchun bizda kuchli xohish bor deb ayta olamiz. O'z navbatida bunday istak Ozarbayjonda ham bo'lishi mumkin. Bu o'rinda yakuniy so'z yana FIFA zimmasida qoladi.

Aslini olganda biz yaqin yillar ichida bir nechta xalqaro turnirlarga mezbonlik qilib katta tajriba to'pladik. Xususan U-20 va U-23 Osiyo chempionatlari mezbonligi hamda futzal bo'yicha Jahon chempionati mezbonligi O'zbekistonga berilishi katta voqea bo'ldi. O'ylaymizki, bu borada OFK va FIFA yuzini erga qaratmadik.

Shunday ekan, 2027 yilgi U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qilish biz uchun yana bir katta tarixiy voqea bo'ladi. Bu o'rinda U-17 Jahon chempionatidan umid qilmasak ham bo'ladi, chunki FIFA allaqachon 2025-2029 yillar oralig'idagi ketma-ket 5ta mezbonlikni Qatarga berib bo'lgan. Shunday ekan, U-20 Jahon chempionati agar O'zbekiston va Ozarbayjonga ishonib topshiriladigan bo'lsa, o'ylaymizki, qo'shma mezbonlik yuqori saviyada tashkil etiladi.


Xayrulla Xoliqov.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
14 iyu 10:52:51
Vivo Oppo
Soccerland777 foydalanuvchining fikriga javob berish
Энг асосий савол. Очилиш маросими ва финал учун стадион сиғими неча минг бўлиши керак? Шуни ёзмабсиз! Агар энг ками 40 минг кишилик стадион бўлиши керак деб регламентда ёзилган бўлса, у ҳолда очилиш маросимиям финалам Озарбайжонда бўлади
Birinchidan FIFA u20 jahon chempionatlari finali va ochilish o'yinlari uchun stadion sig'imini 30 mingdan 40 ming kishigacha bolishi kerak deb belgilab qoygan bu degani O'zbekistonda final xam ochilish o'yini xam o'tkazilsa bo'ladi degani Paxtakor 35 ming Bunyodkor 34 ming demak reglamentda belgilangan sig'imdagi stadion bizda bor bu muammo bolmaydi
   
14 iyu 09:28:50
Soccerland777
Энг асосий савол. Очилиш маросими ва финал учун стадион сиғими неча минг бўлиши керак? Шуни ёзмабсиз! Агар энг ками 40 минг кишилик стадион бўлиши керак деб регламентда ёзилган бўлса, у ҳолда очилиш маросимиям финалам Озарбайжонда бўлади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика