So’nggi yangiliklar

18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  2 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  1 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4 13:21"Арсенал" жамоанинг эҳтимолий янги ўйинчисидан хафа  2 12:52"Тоттенхэм" 45 млн евролик харидни амалга ошириши мумкин  1

Zoir To'raqulov: “Hakamlarning antiqarorlaridan jamoamiz aziyat chekmoqda” Yangiliklar

Zoir To'raqulov: “Hakamlarning antiqarorlaridan jamoamiz aziyat chekmoqda”

G'uzorning “SHo'rtan” jamoasini ochig'i bu yil tanib bo'lmayapti.
O'z vaqtida Osiyo miqyosidagi nufuzli turnirda, qolaversa mamlakat Kubogi finalida o'ynagan “SHo'rtan” joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizlik hisobiga oliy liga bilan xayrlashishga juda yaqin turibdi. O'tgan juma kuni bu jamoa o'z maydonida “Nasaf” 4:1 hisobida imkoniyatni boy bergach, klub rahbariyati bungacha bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan Zoir To'raqulovni o'z vazifasidan ozod etgani haqida xabarlar urchiy boshladi. Xolatga jiddiy yondoshgan tarzda To'raqulovning o'zi bilan suhbatlashdik.
 
- Ochig'i, bu yilgi omadsizligimizga bir qator sabablar bor. Bularning hammasini aytsam, gap ko'p. Oxirgi paytlarda hakamlarning antiqa qarorlaridan jamoamiz aziyat chekmoqda – deya gap boshladi To'raqulov. – “Qizilqum” bilan safarda kechgan bahsimizda bosh hakam (Ravshan Ermatov – I.R) shogirdlarimni futbolga o'ynashiga yo'l qo'ymagandi. “Nasaf”ga qarshi kechgan uchrashuvimizda ham shunday bo'ldi. To'p bizning yigitlarga tushishi bilanoq, hakam xushtak chalib o'yinni to'xtatib qo'ymoqda. Qarshiliklarning kiritgan gollarida ham referilar xatoga yo'l qo'ydi. Ikkinchi bo'limda mudofaa chizig'ini yanada mustahkamlash uchun Yaroslav Krushelnickiyni maydonga tushirgandim. Ammo uni 5 daqiqa o'tar o'tmas, ketma-ket ikkita sariq kartochka bilan siylab maydondan chetlatdi. Nima uchun bunday qilishganini men bilaman. Lekin buni sizga hozir ayta olmayman. Biz murabbiylarning hakamlar xususida gapirishi yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini juda yaxshi bilamiz. Ammo qachongacha chidab yuramiz. Qilayotgan mexnatlarimiz uchun achinyapman.

- Jamoamizda ichki muhit yaxshi. Futbolchilarga ortiqcha etirozim yo'q. Ular imkon qadar bor kuchini berib o'ynamoqda. Lekin hakamlar...   

- “Nasaf” bilan o'yindan keyin rahbariyat meni bosh murabbiylikdan ozod qildi va shu kundan boshlab darvozabonlar bo'yicha murabbiy sifatida ishlab kelgan Erkin Mirzaevni boshqaruv postiga tayinladi. Men esa mavsum oxiriga qadar yordamchi murabbiy bo'lib ishlayman. To'g'risi, ilgari ham bu kabi xolatlarga ko'p duch kelganman.

- “Nasaf” bilan o'yindan so'ng, bosh murabbiylikdan ozod etilganim, albatta ruhan o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Bunaqangi xolatlar har qanday murabbiyga salbiy tasir qiladi. O'sha o'yindagi hakamlikdan keyin, mening qo'limdan hech narsa kelmas edi. SHuning uchun bosh murabbiyni almashtirilishini oqlamayman. Lekin rahbariyat doimo haq. Mayli, kelgusi bahslarda yordamchi murabbiy bo'lib, jamoaga nafim tegishi uchun astoydil ishlayman.

- To'g'ri, oldimizda qiyin uchrashuvlar turibdi. “So'g'diyona”, “Metallurg”, “Lokomotiv”, “Paxtakor” kabi kuchli raqiblarga qarshi kechadigan bahslar oson o'tmaydi. Buni ayni vaqtda juda yaxshi tushunib turibmiz. Lekin futbolchilar bilan gaplashib oldik, oliy ligada qolish uchun oxirigacha kurashamiz. Bundan keyingi uchrashuvlarda qanday hakamlik bo'lishini bilmayman. Vazifani uddalaymizmi yoki yo'qmi, buni vaqt ko'rsatadi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика